Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Evropada fashizm qayta tug‘ilmoqda — Zaxarova

Evropada fashizm qayta tug‘ilmoqda — Zaxarova

Slovakiya bosh vaziri Fiso Moskvadagi 9-may paradida ishtirok etishini e’lon qilganidan so‘ng YEI komissiya raisi Kaya Kallas unga “bu tashrif Slovakiya uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi” bilan po‘pisa qildi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga ham "agar u Moskvadagi 9-may paradida ishtirok etsa Serbiyaning YEIga a’zo bo‘lishi dargumon" degan tahdidlar bildirildi.

“Agar bu shunday bo‘lsa, demak biz Yevropada fashizmning qayta tug‘ilishini ko‘rmoqdamiz. Bundan 80 yil oldin ham fashistlar Yevropa xalqini o‘z vatani, millati va dinidan voz kechishga majbur qilgan edi”, - deb izoh berdi TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova ushbu xabarga.

Fisoning o‘zi esa, hech kim unga Moskvaga borib noma’lum askar qabriga gul qo‘yish va xotira paradida ishtirok etishni ta’qiqlay olmasligini ta’kidladi va “hozir 1939 yil emas 2025 yil”, deb qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 10:19 17.04.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!