O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tillari haqida rasmiy manbalarda muntazam ma’lumot berib kelinadi. 2016 yildan buyon e’lon qilingan ta’tillar quyidagicha:
Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida birinchi marta 2019 yil 5 avgustdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.
2021 yil — 4 yanvardan 10 yanvargacha, 7 kunlik mehnat ta’tili.
2022 yil — 5 yanvardan 7 yanvargacha, 3 kunlik ta’til.
2023 yil — 4 dekabrdan 10 dekabrgacha, 6 kunlik qisqa ta’til.
2024 yil — yil davomida ikki marta ta’tilga chiqqan: avval 22–29 aprel (7 kun), keyinchalik 26 iyuldan 5 avgustgacha (11 kun).
2025 yil — joriy yilning 6–10 yanvar kunlari ham qisqa muddatli ta’til olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirziyoyevning ta’tillari odatda qisqa muddatli bo‘lib, asosan 5–10 kun atrofida davom etadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar bergan edik.