Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ispaniya AQShga taqiqladi

Ispaniya AQShga taqiqladi

Ispaniya AQShning kema va samolyotlariga bazalari orqali Isroilga qurol olib o‘tishni taqiqladi. Bu haqda El Pais xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gap Rota (Kadis provinsiyasi) va Moron-de-la-Frontera (Sevilya provinsiyasi) bazalari haqida ketmoqda. Taqiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yahudiy davlatiga yo‘l olgan kemalarga ham, oraliq to‘xtashdan so‘ng oxirgi manzili Isroil bo‘lgan kemalarga ham taalluqli.

Shu bilan birga, qirollik Ispaniya bazalarida to‘xtagan Amerika transport samolyotlari yoki kemalarini tekshirmaydi. Pentagon AQSh kemalari qanday yuk tashiyotganini yashirishi mumkin.

“Biroq ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlar ishonchga asoslangan bo‘lib, aks holatda o‘zaro ishonchga jiddiy zarar yetadi”, deyiladi xabarda.

Ispaniya G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroilga nisbatan ancha qat’iy pozisiyani egallagan. Mamlakat Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlagan.

Ayni damda, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches qurol-yarog‘ yetkazib berishga to‘liq embargo qo‘yish, harbiy jinoyatlarga aloqador Isroil amaldorlarining mamlakatga kirishini taqiqlash, harbiy hamkorlikni to‘xtatish va falastinliklarga insonparvarlik yordamini kengaytirish kabi choralarni ilgari surmoqda.

Kiritildi: 23:45 29.09.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!