Hech kim Slovakiya va Vengriyaga ular qayerdan neft va gaz olishi shartligini buyura olmaydi, chunki bu mamlakatlarning mustaqil qabul qilishi kerak bo‘lgan qarorlar. Bu haqda Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso ma’lum qildi.
“Vengriyaga avvalo mamlakatlarimiz uchun energiya yetkazib berish xavfsizligi masalalarida hamkorlikni taklif qilaman. Hech kim bizga qayerdan neft va gaz olishimizni buyurmasligi shart edi. Xalqaro huquqlarga ko‘ra, bu o‘zining energetika muvozanati to‘g‘risida qaror qabul qiladigan mustaqil mamlakat”, - dedi Fiso. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, u Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning “Evropani Rossiyadan kelayotgan yonilg‘idan to‘liq uzib qo‘yish siyosiy va g‘oyaviy qarori nafaqat Slovakiya va Vengriyaga, balki butun Yevropa ittifoqiga jiddiy zarar yetkazishi” haqidagi fikriga qo‘shilishini ma’lum qildi.