Eron hukumati Isroil razvedkasi — Mossad foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan Bahman Choubi-Asl ismli shaxsni 29 sentyabr kuni qatl etdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Choubi-Asl Isroilning Eron hududidagi eng muhim josuslaridan biri bo‘lgan. U davlat idoralari bazalariga kirish, ma’lumotlar markazlariga zarar yetkazish va elektron uskunalar importi yo‘nalishini aniqlash kabi topshiriqlarni bajargan. Eron Oliy sudi uning shikoyatini rad etib, “er yuzidagi buzg‘unchilik” (fisod fil-arz) moddasi bo‘yicha chiqarilgan o‘lim hukmini kuchda qoldirgan.
Eron 2025 yil boshidan beri Isroil foydasiga josuslikda ayblanib, hukm qilingan kamida 10 kishining qatl etilganini ma’lum qilgan.