Isroil Bosh vaziri Netanyaxu shaxsan Qatar bosh vaziriga qo‘ng‘iroq qilib, avvalroq poytaxt Dohaga HAMAS rahbariyatini yo‘q qilishga qaratilgan zarba uchun uzr so‘radi.
Bu chaqiriq Isroil OAVlari SAXALga go‘yoki “6-oktyabr chegaralari”ga, ya’ni G‘azo sektoridan, jumladan, xavfsizlik zonasidan to‘liq chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishga buyruq berilgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar fonida yangradi.
Kuzatuvchilar buni hozirda AQSh vositachiligi bilan muzokaralar olib borilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarish kelishuvi bilan bog‘lashmoqda.
Netanyahu, shuningdek, hujum natijasida Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘lgani uchun hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni Isroil harbiy samolyotlari Qatar poytaxtidagi HAMAS rahbariyati bo‘lgan binoga hujum qilgan edi. HAMAS bu zarba oqibatida guruhning 5 nafar a’zosi halok bo‘lgani, ammo eng yuqori darajadagi rahbarlari omon qolganini ma’lum qilgandi.