Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi

14 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi

Kiritildi: 16:27 14.09.2026. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!