Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Sharof Rashidov tumanida 3,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi

Sharof Rashidov tumanida 3,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jamiyat Metrologik ta’minot boshqarmasi, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “CH. Y.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) xatlov o‘tkazildi.

O‘rganish vaqtida AGTKShdagi hisoblash uskunasiga o‘zboshimchalik bilan tashqi ta’sir o‘tkazilgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 milliard 166 million so‘mlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: Bugun 18:10. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!