O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 12 aprel kuni Atlantik-Sitida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi nokautga uchratdi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
G‘iyosov AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi.
Bokschiga argentinalik Franko Maksimiliano Okampo raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda yakunlandi.
Endi G‘iyosov Ennis - Staniosis to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang o‘tkazadi.