Eron terma jamoasi Tehrondagi "Ozodiy" stadionida kecha mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulot yakunlanish arafasida stadiondagi projektorlardan birida oq tutun chiqa boshladi.
Shunga o‘xshash hodisa 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan BAAga qarshi o‘yinda ham kuzatilgandi. Shu voqea tufayli bahs taxminan 25 daqiqaga to‘xtab qolgan edi.
Stadion mutaxassislari mazkur nosozlikni bartaraf etishga va O‘zbekistonga qarshi bahs hech qanday to‘siqlarsiz o‘tkazilishiga ishonch bildirishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida. Eron - O‘zbekiston 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.