Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Serxio Ramos Rossiyada o‘ynashi mumkin

Serxio Ramos Rossiyada o‘ynashi mumkin

"Medialiga" rahbari bo‘lib turgan Nikolay Osipov Madridning "Real" va Fransiyaning "PSJ" klublarida o‘ynagan afsonaviy ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning taklif etilishi haqida gapirdi.

Rahbar "Sport-Ekspress" jurnalistlariga bergan intervyusida Medialiga hamkorlaridan biri tufayli Ramos bilan muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

"Jahon miqyosidagi yulduzlardan biri 2026 yilda, albatta, Medialigada taklif etilgan mehmon bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi Osipov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nani mehmon bo‘lgan edi.

Kiritildi: 23:50 15.01.2026. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!