Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Serxio Ramos Yevropaga qaytishga yaqin

Serxio Ramos Yevropaga qaytishga yaqin

Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Yevropa futboliga qaytishi mumkin. Bu haqda Actu Foot ikki nafar jurnalistga tayanadi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan Fransiyaning «Nissa» klubi manfaatdor. Ayni paytda Ramos va klub vakillari o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

«Nissa» ispaniyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ramos esa Yevropa futboliga qaytishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Qayd etilishicha, Fransiya klubi tomonidan qilingan taklif jiddiy tusga ega bo‘lib, tomonlar o‘rtasida aniq muhokamalar olib borilmoqda.

39 yoshli Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo‘lgan. U joriy yil dekabr oyi boshida mazkur klubni tark etgan.

Kiritildi: Bugun 11:17. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!