Oliy ta’lim vazirligi va Bilimni baholash agentligi oliygohlarga qabulda milliy sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball berish tizimi qanchalik to‘g‘riligini ko‘rib chiqyapti. Chunki bitta joyga juda ko‘p abituriyentlarning tiqilib qolishi va boshqa masalalar yuzaga kelgan.
Sertifikat oluvchilar yildan yilga oshib boryapti va bir necha yildan keyin ularning soni test topshiruvchilar sonidan oshib ketadi. Biz buni oldindan ko‘ra bilib, mexanizmlarini ishlashimiz kerak, dedi vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov.