Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sergey Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi «haqiqiy urush boshlangani»da aybladi

Sergey Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi «haqiqiy urush boshlangani»da aybladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Berlinning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Xalle aeroportida portlovchi modda yuklangan dron hujumiga aloqadorlikda ayblaganiga keskin munosabat bildirdi.

«Bu, umuman olganda, katta ma’noda haqiqiy urushning boshlanishi. Bonndagi bosh konsullikni chiqarib yuborishdi... Berlindagi Russkiy domni yopishmoqda. Ikkinchi jahon urushi, aniqrog‘i, Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan oldin ham nemislar o‘z diplomatik vakolatxonalarini yopganini eslayman... Ular yana urush istamoqda», — dedi Lavrov Rossiya davlat televideniyesi efirida.

U, shuningdek, Germaniya kansleri Fridrix Mersni ham keskin tanqid qildi.

«U, aslida, bizga urush e’lon qilish uchun kelyapti. Tarix saboqlari mutlaqo o‘rganilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, ana shu nasizmning metastazlari yana namoyon bo‘la boshlamoqda. Bu xavfli hodisa. Menimcha, Rossiya rahbariyati tegishli xulosalar chiqaradi», — deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.

Mers Moskva ayblovlarini rad etdi va Germaniya maxsus xizmatlarining Rossiyaning aloqadorligi haqidagi xulosalari «juda aniq, bahssiz va sudda qo‘llash uchun yaroqli» ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat dalillarni tekshirish uchun ataylab qariyb to‘rt hafta vaqt sarflagan.

Kiritildi: 20:20 06.09.2026. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!