Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich avvalroq qo‘shma korxona sentyabr oyida ish boshlashini aytgan. Uning ma’lum qilishicha, kompaniyada tomonlarning ulushlari teng bo‘lishi kerak. Biroq BIRN ma’lumotlariga ko‘ra, Elbit Systems 51 foiz, Serbiya davlat kompaniyasi «Yugoimport-SDPR» esa 49 foiz ulushga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
Serbiyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan dronlar orasida LANIUS-X ham tilga olinmoqda. Mamlakat Mudofaa vazirligi uni sun’iy intellektga ega, qisqa masofaga mo‘ljallangan zarbdor dron sifatida taqdim etgan.
Qurilma GPS signali bo‘lmagan sharoitda, hatto binolar ichida ham harakatlana oladi. U optik va lazer sensorlaridan foydalanib, maxsus operasiyalar hamda shahar sharoitidagi jangovor harakatlar uchun mo‘ljallangan.
Elbit Systems ma’lum qilishicha, qurolni qo‘llash va halokatli kuch ishlatish haqidagi qarorni dronning o‘zi emas, balki operator qabul qiladi.