Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining investisiya va qishloq xo‘jaligiga mas’ul o‘rinbosarlari qamalgani ma’lum bo‘ldi. Ular o‘zaro til biriktirib, 65 mln so‘m pora olganlikda ayblangandi. Hokim o‘rinbosarlari fermer xo‘jaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini fiktiv operasiyalar bilan yopib bermoqchi bo‘lishgan.
Tezkor tadbirda qo‘lga olingan o‘rinbosarlarning biri 6 yilga, ikkinchisi 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.