Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Seni sog‘indik, bahor”: Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi

“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi

Kinematografiya agentligi tomonidan e’lon qilingan “Seni sog‘indik, bahor” shiori ostidagi “Kinokarvon” aksiyasiga start berildi. Kino oylik, “Kinochilar uyida” bo‘lib o‘tadigan agentlik buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarilgan yangi filmlarning premyeralari hamda turli mavzudagi kino tadbirlar, davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etiladigan 30 dan ortiq badiiy, xujjatli va animasion filmlar namoyishi, agentlikning hududiy bo‘limlari orqali respublikamizning eng chekka nuqtalarigacha qamrab olinadigan filmlar namoyishi hamda kino oyligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Kinokarvon” aksiyasi kabi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan. Yuqorida sanab o‘tilgan uchta yo‘nalish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlangan va davom etayotgan bo‘lsa, 26 martdan e’tiboran “Kinokarvon” aksiyasi ishtirokchilari viloyatlar bo‘ylab o‘z yurishlarini boshladi. Ilk manzil Namangan viloyati bo‘ldi.

“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi

Ijodkorlar namanganlik kinomuxlislar bilan uchrashib, samimiy suhbat qurishdi, tomoshabinlar e’tiboriga so‘nggi yillarda suratga olingan “Vatan ostonasi”, “Meros” badiiy filmlari namoyish etildi.

“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi

Yana bir guruh kinoijodkorlar esa voha tomon yurib, Samarqandlik kinomuxlislar bilan uchrashuvlarni boshlab yuborishdi. O‘zbekiston xalk artisti Dilorom Karimova ,”Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchexra Sa’dulayeva, aktyor va rejissyor Umid Iskandarov , aktyor va rejessyor Sanjar Shodiyev, o‘zbek kinosining "kichkina tabib"i, aktyor Dilshodbek Kattabekovlar ishtirokidagi bunday diydorlashv tsamarqandliklarda katta taassurt qoldirdi. Kinoijodkorlar Samarqandlik yoshlarga kino sohasidagi yangiliklar, so‘nggi yillarda ishlab chiqarilayotgan badiiy va hujjatli filmlar, ularda ko‘tarilayotgan mavzu va g‘oyalar, sohaga doir xalqaro e’tiroflar haqida so‘zlab berishdi va ayni kunlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki” shiori ostida o‘tayotgan referendum oldi tadbirlar, amaldagi konstitusiyaga kiritilayotgan yangi bandlar bilan bog‘liq fikrlar bilan ham o‘rtoqlashishdi.

“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi“Seni sog‘indik, bahor”:  Kinematografiya agentligi “Kinokarvon” aksiyasiga start berdi

Shuningdek, o‘zbek kino ijodkorlarining ijod mahsullari bo‘lmish “Samarqandda qovun tarovati”, “Quyosh ta’mi” kabi filmlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.

"Kinokarvon" aksiyasi katnashchilarining yana bir guruhi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Samarqand Markaziy Xarbiy Okrugining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida harbiylar bilan uchrashishdi. Tadbir avvalida kinoijodkorlar dastlab "Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi"ga qarashli badiiy kutubxonani tomosha qilishdi. Harbiy okrugning tomoshabinlar bilan liq to‘lgan katta zalida 500 dan ortiq harbiylar O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchexra Sa’dulayeva hamda serqirra ijodkorlar Sanjar Shodiyev. Umid Iskandarov va o‘zbek kinosining “kichkina tabibi” Dilshodbek Kattabekovlarni gulduros olqishlar bilan kutib olishdi. Ular yig‘ilganlarga "Seni sog‘indik bahor" shiori ostida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kinokarvon” aksiyasining ahamiyati va o‘rni haqida, qolaversa so‘nggi yillarda Kinematografiya agentligi tomonidan bevosita harbiylar hayoti, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash yo‘lida harbiylar ko‘rsatayotgan mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat haqida badiiy va xujjatli filmlar suratga olinayotganligi alohida takidlandi. Harbiy kinomuxlislar e’tiboriga kinorejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” badiiy filmi namoyish etildi.

Samarqandda uchrashuvlar avj pallaga chiqqanida ,Namanganlik muxlislar bilan uchrashuvlar ham qizg‘in davom etayotgan edi. 27 mart kunining ikkinchi yarmi ham "Seni sog‘indik, bahor" shiori ostida o‘tayotgan "Kinokarvon" aksiyasi ishtirokchilari – kinoijodkorlarimiz uchun ham namanganliklar uchun ham yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi. Ular Namangan shahridagi Mashrab nomli kinoteatrda viloyatdagi Oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashishdi. Tadbir savol-javoblar bilan boshlanib, samimiy suhbatga aylanib ketdi. Ayniqsa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejemetova, kinoaktyor Anvar Azimovlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy o‘zaro muloqot talabalar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Tadbir davomida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga ko‘ra suratga olingan "Meros"badiiy filmi namoyish etildi. Kinoijodkorlar ayni kunlarda butun mamlakat bo‘ylab “Konstitusiya meniki,seniki, bizniki” shiori ostida o‘tayotgan referendum oldi tadbirlarida faol ishtirok etishayapti. Keyingi manzil Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlari. Eslatib o‘tamiz, “Kinokarvon” aksiyasi 26 aprelgacha davom etadi.

Kiritildi: 12:59 29.03.2023. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!