2025 yilning 17 yanvar kuni soat 01:30 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasidagi ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Lacetti, HOWO yuk transport vositasi va Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.