Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Sberbank” ma’lumotlar markaziga dronlar hujumi uyushtirilganini tasdiqladi

“Sberbank” ma’lumotlar markaziga dronlar hujumi uyushtirilganini tasdiqladi

Rossiyaning “Sberbank” banki Saratov viloyatining Balakovo shahridagi ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga dronlar hujumi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Aleksandr Vedyaxinga tayanib xabar berdi.

“Hujum sodir bo‘lganini tasdiqlaymiz. Shu bilan birga, bankning barcha tizimlari va xizmatlari odatdagidek ishlamoqda”, — dedi Vedyaxin.

Avvalroq viloyat gubernatori Roman Busargin dronlar hujumi oqibatida Balakovoda bir nechta turar joy binolari shikastlangani va bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Balakovo shahrida barpo etilayotgan “Sberbank”ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi Rossiyadagi eng yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bo‘lishi rejalashtirilgan. Maydoni 60 ming kvadrat metr bo‘lgan ob’ektda taxminan 120 mingta server joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Markaz qurilishini 2027 yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Ukraina “Yandeks” kompaniyasining uchta ma’lumotlar markaziga hujum qilgani haqida xabar berilgan. Kompaniyaning bunday markazlari oltita.

Kiritildi: 15:05 14.10.2026. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!