Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni Belgrad yaqinidagi otasining uyida mehmon qildi.
Vuchich uchrashuv aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, ikki siyosatchining saylovlardagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.
«Ha, ikkimiz ham yaqinda saylovlarda mag‘lub bo‘ldik. Ammo o‘z qadr-qimmatimiz, g‘ururimiz va ishonchimizni yo‘qotmadik», — dedi Vuchich.
Eslatib o‘tamiz, Orban aprel oyida Vengriyadagi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lgan. Vuchich yetakchilik qilgan siyosiy kuch esa 25 oktyabr kuni Serbiyada o‘tkazilgan saylovlarda yutqazgan.