Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Saylov yakunlari: Pashinyan partiyasi hukumatni shakllantiradi

Saylov yakunlari: Pashinyan partiyasi hukumatni shakllantiradi

Saylov yakunlariga ko‘ra Armaniston parlamentiga uchta siyosiy kuch o‘tdi.

Armaniston Markaziy saylov komissiyasi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi. MSK raisi Vaagn Ovakimyaning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 49,7456 foiz ovoz to‘plagan, bu esa unga yangi hukumatni bir o‘zi shakllantirish imkonini beradi.

Rossiyalik va armanistonlik tadbirkor Samvel Karapetyanning “Kuchli Armaniston” partiyalar bloki 23,2710 foiz ovoz olgan, sobiq prezident Kocharyanning “Armaniston” bloki esa 9,9231 foiz ovoz to‘plagan. Tadbirkor Gagik Sarukyanning “Farovon Armaniston” partiyasi 3,893 foiz ovoz to‘plab, 4 foizlik o‘tish to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Ma’lum qilinishicha, ovoz berishda saylovchilarning 58,9 foizi ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!