Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Saudiyadagi muzokaralar va Moskvaga oxirgi ogohlantirish: 30 kunlik tinchlik rejasi rad etilsa, nima bo‘ladi?

Saudiyadagi muzokaralar va Moskvaga oxirgi ogohlantirish: 30 kunlik tinchlik rejasi rad etilsa, nima bo‘ladi?

Zelenskiy Rossiyaning "barbod bo‘lgan" rejalari va Ukrainaning "qizil chiziqlari" haqida bayon qildi.

Saudiya Arabistonidagi Amerika-Ukraina muzokaralari samarali o‘tdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Menimcha, Saudiya Arabistonida turli natijalarni ko‘rish mumkin. Yordamni tiklash, urushni tugatish yo‘lidagi dastlabki qadamlar. Saudiya Arabistonidagi uchrashuvning o‘zi Rossiyaning Ukraina va Amerika o‘rtasidagi munosabatlarni butunlay keskinlashtirish rejalarini barbod qiladi, deb hisoblayman. Aksincha, vaziyat yumshamoqda va hamkorlar o‘rtasida shunday bo‘lishi kerak," - dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti, shuningdek, AQSh Ukrainaga taklif qilishdan oldin Rossiya bilan 30 kunlik ehtimoliy tinchlik rejasi haqida gapirgan yoki yo‘qligi unga ahamiyatsiz ekanligini ta’kidladi: "Men bunga faqat bir nuqtai nazardan qarayman - bu bizni urush tugashiga yaqinlashtirishi mumkinmi yoki yo‘q. Bugun biz tayyorligimizni ko‘rsatishimiz kerak edi, deb o‘ylayman. Butun dunyoga axborot jihatdan va amalda namoyish etish. Va men buni uddaladik deb hisoblayman."

U, shuningdek, agar Moskva 30 kunlik tinchlik kelishuvini rad etsa, AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritishi mumkinligini aytdi: "Sanksiyalar yoki Rossiyaga bosim o‘tkazishning boshqa choralariga kelsak, bu Amerika tomonining qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Bu ularning Rossiya tomoni bilan olib boradigan muzokaralariga bog‘liq. Agar kuch orqali tinchlikka erishish yo‘llarini to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, ruslar bizga o‘xshab Amerika taklifiga rozi ekanliklarini ko‘rsatishsa, tegishli qarorlar qabul qilinadi deb o‘ylayman. Aks holda, Amerika tomoni o‘zi aytgan gaplarini amalda ko‘rsatadi degan umiddamiz." O‘ylaymanki, tegishli qarorlar bo‘ladi.

Zelenskiy ta’kidlashicha, Ukraina bosib olingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olmaydi. Davlat rahbari "qizil chiziqlar" masalasida u prezident sifatida va ukrainlar o‘z vatanining fuqarolari sifatida Ukraina Konstitusiyasini buzmasdan, aksincha, mamlakatning suverenitetini va mustaqilligini, xalqni va yerni himoya qilishlarini alohida ta’kidladi.

"...Bugun biz mustaqilligimiz uchun jang qilmoqdamiz. Shu sababli, Rossiya Federasiyasi tomonidan bosib olingan hech qanday hududni tan olmaymiz. Bu - haqiqat. Xalqimiz buning uchun kurashdi. Qahramonlarimiz jon berdi. Qanchadan-qancha yarador bo‘ldi, nimalarga guvoh bo‘lmadik. Shuning uchun buni hech kim unutmaydi," deya ta’kidladi Zelenskiy va qo‘shimcha qildi: "Ukrainaga qarshi sodir etilgan bu jinoyatni hech kim unutishiga yo‘l qo‘ymaymiz".

Prezident Zelenskiy Ukrainada prezidentlik saylovlari urush tugab, harbiy holat bekor qilinganidan keyingina o‘tkazilishini yana bir bor ma’lum qildi. Uning aytishicha, "hech kim hech narsani ataylab kechiktirmaydi": "Urush tugashi bilan harbiy holat bekor qilinadi. Harbiy holat bekor qilingach, saylovlar Ukraina qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladi".

Kiritildi: 20:36 12.03.2025. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!