Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Saudiyada 20 yil komada bo‘lgan shahzoda vafot etdi

Saudiyada 20 yil komada bo‘lgan shahzoda vafot etdi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid ibn Xalid ibn Talal 35 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi davlat agentligi SPA.

U 2005 yilda Londonda avtohalokatga uchrab, og‘ir bosh miya jarohati olgan va shundan beri koma holatida bo‘lgan. Halokat sodir bo‘lganda unga 16 yosh bo‘lgan.

Shahzodaning hayoti 20 yil davomida tibbiy apparatlar yordamida saqlab turilgan. Shifokorlarning umidsiz prognozlariga qaramay, uning otasi davolashni to‘xtatmaslikka qaror qilgan va o‘g‘li sog‘ayib ketadi, deb umid qilgan.

Odamlar uni «uxlayotgan shahzoda» deb ataydi.

Kiritildi: 15:17 20.07.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!