Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya klublari Salohga 3 karra ko‘proq maosh to‘lashga tayyor — Mirror

Saudiya klublari Salohga 3 karra ko‘proq maosh to‘lashga tayyor — Mirror

Saudiya Arabistoni klublari «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni Pro-ligaga jalb etish uchun uning maoshini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Agar 33 yoshli misrlik futbolchi taklifni qabul qilsa, uning haftalik oyligi 1,2 mln funt (1,38 mln yevro)ga yetadi, deb xabar beradi Mirror.

Saudiya jamoalari Salohni chempionatning ehtimoliy asosiy yulduzi sifatida ko‘rmoqda, ayniqsa portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yaqin kelajakda klubini tark etishi mumkinligi fonida.

«Liverpul» ham Saloh bilan xayrlashishga tayyor bo‘lishi mumkin, chunki bu maoshlar jamg‘armasini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Shuningdek, mersisaydliklar vinger transferidan katta mablag‘ olishni va kelishuvni 2026 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin yakunlashni istamoqda.

Muhammad Saloh 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 25 ta o‘yinda olti gol urib, 6 ta assist qayd etdi. Salohning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Capology ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shartnoma bo‘yicha uning haftalik daromadi 400 ming funt (460 ming yevro)ni tashkil etadi. Transfermarkt portali Salohning transfer qiymatini 30 mln yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 22:47 09.02.2026. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!