Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya chempionati. Ronalduning faoliyatidagi 982-goli «An-Nasr»ga g‘alaba keltirdi

Saudiya chempionati. Ronalduning faoliyatidagi 982-goli «An-Nasr»ga g‘alaba keltirdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 11-turidan o‘rin olgan «Al-Faysaliy» va «An-Nasr» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ar-Riyod klubi safarda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Abdulla Al-Hamdan hisobni ochdi. 49-daqiqada Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning ustunligini oshirdi. Bu gol 41 yoshli portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi 982-goli bo‘ldi.

66-daqiqada Teo Bongonda «Al-Faysaliy»ning bitta golini qaytardi. Biroq 79-daqiqada Gabriel Anjelo Ar-Riyod jamoasining uchinchi golini kiritib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Pro-ligadagi 10 ta uchrashuvdan keyin «An-Nasr» 25 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Al-Faysaliy» esa 7 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi, 11-tur
«Al-Faysaliy» — «An-Nasr» — 1:3
Gollar: 0:1 — Abdulla Al-Hamdan, 4. 0:2 — Krishtianu Ronaldu, 49. 1:2 — Teo Bongonda, 66. 1:3 — Gabriel Anjelo, 79.

Kiritildi: 23:24 23.10.2026. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!