Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoniga dronlar va ballistik raketa bilan zarba berilgani aytilmoqda

Saudiya Arabistoniga dronlar va ballistik raketa bilan zarba berilgani aytilmoqda

Yamandagi «Ansor Alloh» harakati Saudiya Arabistoni hududidagi bir qator strategik ob’ektlarga dronlar va ballistik raketa yordamida zarba berganini da’vo qildi.

Harakat vakili Yahyo Sari’ning bildirishicha, Ar-Riyodda joylashgan Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi ob’ekti hujum nishonlaridan biri bo‘lgan.

Shuningdek, husiylar mamlakat janubidagi Sharura aeroportida harbiy-transport samolyotiga dron orqali zarba berilganini ma’lum qildi.

Yahyo Sari’ Xamis-Mushayt shahridagi aviabaza ham ballistik raketa bilan nishonga olinganini ta’kidladi.

Harakat vakilining da’vosiga ko‘ra, operasiya davomida belgilangan nishonlarga zarba berilgan. Hozircha ushbu ma’lumotlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 23:31 12.11.2026. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik