Saudiya Arabistonida turar-joy binosiga snaryad tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va yana 12 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Qirollikning fuqarolik mudofaasi agentligi ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, snaryad Ar-Riyodning janubi-sharqidagi Al-Xarj viloyatidagi texnik xizmat ko‘rsatish va tozalash kompaniyasiga tegishli uyga tushgan.
O‘lganlar va yaralanganlar Bangladesh va Hindiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.