Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistonida aeroportga yana hujum qilindi: ikki kishi halok bo‘lgan

Saudiya Arabistonida aeroportga yana hujum qilindi: ikki kishi halok bo‘lgan

Saudiya Arabistonining Dammam shahridagi Qirol Fahd xalqaro aeroportiga qilingan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana sakkiz kishi jarohatlandi.

Saudiya Arabistoni davlat axborot agentligi (SPA) mamlakat Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, hujum 21 oktyabr, chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan.

Dastlab bir kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Biroq 22 oktyabrda e’lon qilingan yangilangan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qurbonlar soni ikki nafarga yetgan. Halok bo‘lganlar Saudiya Arabistoni fuqarosi va Hindiston fuqarosi ekani bildirilgan.

Jarohatlangan sakkiz nafar shaxs orasida Saudiya Arabistoni, Hindiston, Yaman, Bangladesh va Nepal fuqarolari bor. Ularning ayrimlari og‘ir ahvolda bo‘lib, barchasi shifoxonalarda tibbiy yordam olmoqda.

Hujum oqibatida aeroport infratuzilmasiga ham moddiy zarar yetgan. Mas’ul idoralar uning ko‘lamini baholash va xavfsizlikni ta’minlash ishlarini olib bormoqda.

Saudiya aviasiya idorasining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, aeroport faoliyati tiklangan va havo qatnovlari odatiy tartibga qaytgan.

Hujum qanday vosita bilan amalga oshirilgani va uning ortida kim turgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

So‘nggi haftalarda Saudiya Arabistonidagi aeroportlar va energetika ob’ektlariga bir necha bor hujum uyushtirilgan.

Kiritildi: 16:18 22.10.2026. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!