Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni podshohiga sovg‘a: noyob Maserati rasman original deb tan olindi (foto)

Saudiya Arabistoni podshohiga sovg‘a: noyob Maserati rasman original deb tan olindi (foto)

Maserati avtoishlab chiqaruvchisi 1962 yilda ishlab chiqarilgan 5 000 GT gran-turizmo klassidagi avtomobili uchun "Classiche" haqiqiylik sertifikatini berdi. Ushbu mashina 30 yildan ortiq vaqt davomida Misrda hibsda saqlangan. Uning kuzovi mashhur italyan dizayneri Pyetro Frua tomonidan yaratilgan.

"Motor1" nashriga tayanib "Oxu.Az"ning xabar berishicha, 5 000 GT modeli Iron shohi tufayli paydo bo‘lgan. U Maserati 3 500 GT mashinasida yurgan va bundan ham hashamatliroq avtomobilga ega bo‘lishni xohlagan.

Texnik direktor Djulio Alfyeri Maserati 450S poyga mashinasining 350 ot kuchidan yuqori quvvatga ega 5 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan AM103 loyihasini ishlab chiqdi. Dastlabki uchta avtomobilni "Carrozzeria Touring" atelyesi qurgan. Keyinchalik ushbu platforma uchun Allemano, Pininfarina, Monterosa, Ghia va Frua kompaniyalari o‘z kuzovlarini yaratishgan. 1959 yildan 1960 yillarning o‘rtalariga qadar ushbu modeldan atigi 34 dona ishlab chiqarilgan.

Saudiya Arabistoni podshohiga sovg‘a: noyob Maserati rasman original deb tan olindi (foto)

Pyetro Frua 1962 yilda uchta 5 000 GT nusxasini tayyorlagan bo‘lib, 103 064 raqamli shassi ularning birinchisi edi. Avtomobil kuzovi "Luci di Mezzanotte" rangiga bo‘yalgan va saloni "Camoscio" uslubida bezatilgan edi. Pastroq bel chizig‘i va kengaytirilgan oyna maydoni uning siluetiga Touring va Allemano talqinlariga qaraganda shiddatliroq ko‘rinish bergan.

Zavod sinovlaridan so‘ng avtomobil 1963 yildagi Jeneva avtosalonida namoyish etildi. U yerda mashina ruliga Karim Aga-xon IV o‘tirdi va u keyinchalik Fruadan o‘zi uchun shaxsiy 5 000 GT modeliga buyurtma berdi.

Saudiya Arabistoni podshohiga sovg‘a: noyob Maserati rasman original deb tan olindi (foto)

1963 yilning oxirida prototip Modenaga qaytib keldi va Rimlik egasiga o‘tdi. 1966 yil yanvarida u ushbu mashinani yangiroq Maserati'ga almashtirdi, zavod esa navbatdagi xaridor — Saudiya shahzodasi Majid bin Saudning iltimosiga ko‘ra avtomobilni "Rosso Rubino Chiaro" rangiga qayta bo‘yadi. Shahzoda mashinani otasi — Saudiya Arabistoni podshohi Saud bin Abdul-Aziz Ol Saudga sovg‘a qildi.

1967 yilda, Olti kunlik urushdan keyin va podshoh Misrni tark etgach, mahalliy rasmiylar avtomobilni musodara qilishdi. U Kairdagi omborda uch o‘n yillikdan ko‘proq vaqt davomida turib qoldi. Avtomobil yana 2000 yilda, qariyb 12 700 km masofa bosib o‘tgan va asosiy qismlari yaxshi saqlangan holda paydo bo‘ldi. Uni texaslik kolleksioner sotib olib, Modenaga yubordi. To‘rt yillik restavrasiyadan so‘ng, mashina 2004 yilda "Concorso dEleganza Villa dEste" nafislik tanlovida ommaga taqdim etildi.

Saudiya Arabistoni podshohiga sovg‘a: noyob Maserati rasman original deb tan olindi (foto)

103 064 shassisi Frua kuzoviga ega bo‘lgan va haqiqiylik sertifikatini olgan birinchi Maserati 5 000 GT nusxasi bo‘ldi. "Maserati Classiche" dasturi tarixiy modellarning haqiqiyligini zavod arxivlari va texnik ko‘riklar asosida tekshiradi.

Kiritildi: 09:20 14.10.2026. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!