Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni JChda yarim finalni maqsad qiladi

Saudiya Arabistoni JChda yarim finalni maqsad qiladi

PSJ menejeri Luish Kampushga Saudiya Arabistonida ishlashi uchun yiliga 20 mln yevro maosh taklif qilindi.

Portugaliyalik mutaxassis moliyaviy tomonlama kelisha olmayotgani bois PSJ bilan shartnomasini uzaytirganicha yo‘q. Kampush Saudiya tomonidan tushayotgan taklif sababli parijliklarning moliyaviy shartlari qiziqarlidek tuyulmagan.

O‘tgan haftada Kampushning vakillari va JCH-2034ni qabul qiladigan Saudiya Arabistonidan bir qancha amaldorlar uchrashuv o‘tkazgan. Luishga 10 yillik shartnoma taklif qilingan va unda umumiy hisobda 200 mln yevro maosh ko‘rsatilgan. Vazifa sifatida Saudiya Arabistonining o‘z maydonlarida o‘tadigan jahon chempionatida da’vogarlardan biri yoki eng kamida yarim finalgacha borish aytilgan.

Kampush shu yilning oxirigacha muhlat olgan. Hozircha u PSJdagi faoliyatidan chalg‘imoqchi emas. Lekin tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Kampushda "Arsenal" va "Chelsi" variantlari ham bor. Shuninigdek, "Atletiko" ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 23:39 27.02.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!