Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni husiylar hujumlari oqibatida og‘ir vaziyatga tushib qoldi

Saudiya Arabistoni husiylar hujumlari oqibatida og‘ir vaziyatga tushib qoldi

Yamandagi qurolli mojaroning keskinlashuvi Saudiya Arabistonida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni og‘irlashtirmoqda. Husiylarning raketali hujumlari oqibatida mamlakatda tinch aholi qurbon bo‘lmoqda, transport qatnovlari izdan chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, hujumlar ortidan ayrim aeroportlar faoliyati cheklangan, AQSh diplomatik xodimlarining bir qismi mamlakatdan olib chiqilmoqda. Xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar badavlat aholi va xorijlik ziyoratchilarning rejalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi hujumlar davomida Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon o‘ndan ortiq ballistik raketa uchirilgani xabar qilindi.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni harbiy kuchlari Yamanning husiylar nazoratidagi hududlariga, jumladan, Sano atrofiga havo zarbalarini davom ettirmoqda.

Neft boyliklari hisobiga mintaqada katta iqtisodiy ta’sirga ega bo‘lgan qirollik uchun mojaroning cho‘zilishi xavfsizlikdan tashqari, turizm va iqtisodiy rivojlanish sohalarida ham jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:08. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!