Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Pushkin tumanida avtomobil portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda TASS agentligiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lum qildi.
«Avtomobil Kolpino shossesiga hovlidan chiqish vaqtida portlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak salonda yolg‘iz bo‘lgan va halok bo‘lgan. Boshqa jabrlanganlar yo‘q», — dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, avtomobil portlashi oqibatida harbiy xizmatchining o‘ldirilishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergovchilar va kriminalistlar tezkor xodimlar bilan birgalikda hodisa joyini ko‘zdan kechirmoqda, zarur sud ekspertizalari tayinlanmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.