Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Sankt-Peterburgda avtomobil portlashi oqibatida rossiyalik polkovnik halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda avtomobil portlashi oqibatida rossiyalik polkovnik halok bo‘ldi



12 noyabr kuni ertalab Sankt-Peterburgning Shushari hududidagi Kolpinskoye yo‘lida avtomobil portladi. Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi bo‘lgan rossiyalik polkovnik voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda "Fontanka" nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, portlovchi qurilma avtomobil tagiga o‘rnatilgan va polkovnik hovlidan chiqib ketayotganida masofadan turib ishga tushirilgan. Dastlabki xabarlarda avtomobil ichida uning oila a’zosi ham bo‘lgani va jarohat olgani aytilgan.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining shaxsi oshkor qilinmagan. Hodisa sababli mazkur yo‘lda transport harakati to‘xtatilgan.

Avgust oyi oxirida ham shu yo‘lda shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgan. O‘shanda yuqori lavozimli rossiyalik harbiy avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lgan, uning rafiqasi esa jarohatlangan edi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 18:07 12.11.2026. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik