Prezident farmoniga muvofiq sog‘liqni saqlash boshqaruv tizimi qayta tashkil etilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra bir qator yangi markaz va inspeksiyalar tuziladi, ayrim tuzilmalar esa tugatiladi.
Qarorga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birligi maqbullashtiriladi. Shu hisobidan soha uchun yangi yo‘nalishlarda shtatlar qayta taqsimlanadi.
Shuningdek, vazirlik huzurida Klinik audit inspeksiyasi, Aholi salomatligini tahlil qilish markazi va Kontent mediamarkazi tashkil etiladi.
Farmon bilan sog‘liqni saqlash tizimidagi boshqaruv shtatlari ham tasdiqlandi hamda ayrim tuzilmalar faoliyati tugatilishi belgilandi.