AQSh Davlat departamenti Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi JDAM aviabombalari va ularga tegishli uskunalarni sotish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda Davlat departamenti bayonotiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tranzaksiya xorijiy harbiy yetkazib berish dasturi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Kelishuvning umumiy qiymati 373,6 million dollarga baholanmoqda.
JDAM (Joint Direct Attack Munition) tizimi oddiy aviabombalarni yuqori aniqlikdagi «aqlli» o‘q-dorilarga aylantirish imkonini beradi. Ushbu bombalarning oshirilgan masofaga ega (Extended Range) versiyasi nishonlarni ancha uzoqdan turib yo‘q qilish imkoniyatini kengaytiradi.