Eron 2000 km masofagacha uchish imkoniga ega yangi dronni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Bild.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arash-3” deb nomlangan ushbu uchuvchisiz apparat Isroil hududiga, jumladan Tel-Avivgacha yetib borishi mumkin.
Dronning jangovar qismi taxminan 150 kilogrammni tashkil qiladi.
Mutaxassislar fikricha, bunday qurollarning namoyishi mintaqadagi harbiy keskinlik yanada oshishiga olib kelishi mumkin.