Eron tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari jiddiy talafot ko‘rdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqadagi jami 16 ta Amerika harbiy bazasi shikastlangan. Vaziyatni yoritgan jurnalistlarning ta’kidlashicha, vayron qilingan nishonlar orasida qimmatbaho va strategik jihatdan muhim harbiy texnikalar ham bor.
Telekanal materialida qayd etilishicha, yetkazilgan zararning ko‘lami «Amerikaning mintaqadagi harbiy ishtirokini savol ostida qoldirmoqda».