Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xoland «Siti» muxlislariga murojaat qildi

Xoland «Siti» muxlislariga murojaat qildi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya chempionati 35-tur doirasida «Everton»ga qarshi uchrashuv (3:3)dan keyin X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi.

«Yana to‘rtta [o‘yin] qoldi. Oxirigacha birga!» — deb yozdi norvegiyalik hujumchi.

Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganida «Manchester Siti» 71 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalini esa 76 ochko to‘plagan «Arsenal» boshqarib turibdi. Biroq «shaharliklar»da bitta o‘yin zahirada mavjud.

Keyingi turda «Manchester Siti» «Brentford»ga qarshi maydonga chiqadi, «Arsenal» esa «Vest Xem» bilan o‘ynaydi.

Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:57 05.05.2026. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!