Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Biz hali hatto boshlaganimiz yo‘q»: Tehron AQShni ogohlantirdi

«Biz hali hatto boshlaganimiz yo‘q»: Tehron AQShni ogohlantirdi

Eron parlamenti spikeri Hormuz bo‘g‘ozida «yangi tenglama» shakllanayotganini ma’lum qildi.

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Hormuz bo‘g‘ozi atrofida «yangi tenglama» shakllanayotganini aytdi va AQShni ehtimoliy eskalasiya haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatning davom etishi Vashington uchun «qabul qilib bo‘lmas» holat hisoblanadi.

X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida Qolibof AQSh va uning ittifoqchilari harakatlari tufayli kemachilik xavfsizligi va energiya resurslari tranziti tahdid ostida qolganini ta’kidladi. U ularni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzish va blokada joriy etishda aybladi.

«Biz hozirgi vaziyatning davom etishi Amerika uchun qabul qilib bo‘lmasligini yaxshi tushunamiz. Shu bilan birga, biz hali hatto boshlaganimiz yo‘q», — dedi u.

Eron urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Hormuz bo‘g‘ozida xorijiy kemalarga nisbatan blokada joriy etdi. Urush 28 fevral kuni AQSh va Isroil zarbasidan so‘ng boshlangan bo‘lib, natijada mamlakatning sobiq oliy rahbari halok bo‘lgan.

13 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron portlaridan foydalanuvchi kemalarga qarshi javob blokadasini e’lon qildi. Undan bir kun oldin strategik suv yo‘li orqali tiqilib qolgan tijorat kemalarini kuzatib o‘tish maqsadida «Ozodlik loyihasi» operasiyasi boshlangani ma’lum qilingan edi.

Biroq bunday harakatlar jangovar to‘qnashuvlar qayta boshlanishi xavfini oshiradi. Eron Markaziy harbiy qo‘mondonligi avvalroq Hormuz bo‘g‘oziga yaqinlashgan har qanday Amerika harbiy kemasiga zarba berilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!