Eron Qurolli kuchlari so‘nggi kunlarda Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qarshi raketa yoki dronlardan foydalangan holda hech qanday operasiya o‘tkazmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Eron Qurolli kuchlarining «Xatam al-Anbiya» markaziy shtabi vakili Ibrohim Zulfiqoriy bayonot berdi.
«Agar bunday harakatlar amalga oshirilganida, biz bu haqda ochiq va aniq ma’lum qilgan bo‘lardik. Shu bois, ushbu mamlakat Mudofaa vazirligining xabari butunlay rad etiladi va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deya Zulfiqoriyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda IRIB.
Avvalroq BAA tomoni o‘z hududiga nisbatan havo hujumlari uyushtirilgani haqida ma’lum qilgan edi. Tehron rasmiysining ta’kidlashicha, bu kabi da’volar asossiz hisoblanadi.