Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Suriya kuchlari xavfsizlik operasiyasi davomida o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi

Suriya kuchlari xavfsizlik operasiyasi davomida o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakat xavfsizlik kuchlari Suriya shimoli-g‘arbida o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida bir guruh o‘zbekistonlik jangarilarni hibsga oldi.

Xavfsizlik idoralarining ikki nafar vakili ma’lum qilishicha, Idlib shahrida o‘zbekistonlik jangarilardan birining o‘t ochganlikda ayblanib qo‘lga olinishi ortidan boshlangan keskinlik ommaviy noroziliklarga aylanib ketgan.

Mahalliy aholi va rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan o‘zbekistonlik jangarilar o‘z safdoshlarining ozod etilishini talab qilib, hukumat xavfsizlik ob’ekti oldida namoyish o‘tkazgan. Bunga javoban xavfsizlik kuchlari Idlib viloyatining Kafriya va Al-Fua shaharlari kabi hududlarida hibsga olish ishlarini olib bordi. Ushbu shaharlar atrofiga qo‘shimcha harbiy bo‘linmalar va kolonnalar joylashtirildi, vaqti-vaqti bilan otishma ovozlari eshitildi. Hozircha aynan qancha o‘zbekistonlik qo‘lga olingani ma’lum emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Suriyada oilalari bilan birga 1500 ga yaqin o‘zbekistonlik jangari bo‘lgan. Bu voqea Suriya hukumati uchun 2011 yildan keyin mamlakatga kelgan xorijlik jihodchilar ustidan davlat nazoratini o‘rnatish qanchalik murakkab ekanini ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati prezident Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi guruh tarkibida jang qilgan. So‘nggi yillarda Suriya hukumati ko‘plab xorijlik jangarilar maqomini rasmiylashtirish va ularni yangi armiya tarkibiga kiritishga harakat qilmoqda.

O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar Xitoydan kelgan uyg‘urlar va qo‘shni davlatlar fuqarolari bo‘lgan 3500 ga yaqin xorijlik jangarini Suriya armiyasi diviziyasiga integrasiya qilish rejasini ma’qullagan edi. Shuningdek, so‘nggi yillarda Sharaa Vashington bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan va Damashq Islom davlatiga qarshi AQSh boshchiligidagi koalisiyaga qo‘shilgan, deyiladi agentlik maqolasida.

Kiritildi: Bugun 16:04. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!