AQShning San-Fransisko shahrida elektr ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilish shaharni falaj qilib qo‘ydi, deb xabar bermoqda OAV.
Xabar berilishicha, blekaut natijasida shaharda yirik tirbandliklar yuzaga kelgan, bir qator korxonalar vaqtincha yopilgan. 130 mingga yaqin iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.
Mahalliy matbuot ma’lumotlariga ko‘ra, podstansiyalardan birida sodir bo‘lgan yong‘in elektr uzilishining ehtimoliy sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.