Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi

Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi

Samvel Babayan Lokomotiv professional futbol klubi prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib Lokomotiv PFK rahbariyati ishga taklif qilgan.

Samvel Babayan Paxtakor dagi faoliyati davomida klub 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. Bundan tashqari Paxtakor ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga yetib borishida, 2002 yil mavsum yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi futbol klubi deb topilishida, shuningdek MDH Kubogining 2007 yilgi musobaqasida chempion bo‘lishi hamda keyingi yil finalga qadar yetib borishida qo‘shgan hissasi katta.

Bundan tashqari Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham samarali mehnat qilgan va uning qo‘l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida o‘z debyutini nishonlagan. Shuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O‘zbekistonning olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga Paxtakor menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan. Yana shuni ta’kidlash joiz, Samvel Babayan o‘zbek futboliga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O‘zbekistonning Eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Uning oldiga Lokomotiv PFK prezidenti Radjapov Mansur Kuchkarovich tomonidan quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yilgan:

1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. Lokomotiv bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Eslatib o‘tamiz, Babayan O‘FF Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi. 2018 yilning 27 mart kuni o‘zbekistonlik mutaxassis Latviya chempioniga aylangan Spartak Yurmala jamoasini boshqarishi, O‘FA Ijroqumi 1 fevral kuni Babayandan diskvalifikasiyani olib tashlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 18:27 26.02.2019. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!