Markaziy bank “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026”ga bag‘ishlangan esdalik tangalarini sotuvga chiqaradi.
Tangalar 999,9 asillik darajasidagi sof oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, har birining vazni 31,1 grammni tashkil etadi.
Esdalik tangalari cheklangan miqdorda — turiga qarab 100 va 500 donadan zarb etilgan.
Ularni ikki donalik maxsus kolleksion to‘plam shaklida yoki alohida xarid qilish mumkin.
Tangalarning sotuv narxi hamda qaysi banklarda mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
Markaziy bank saytida “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026” esdalik tangalari uchun alohida sahifa ham ochilgan.