Samarqand viloyatida 2023 yilda tug‘ilgan bola suvga tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2026 yil 5 iyun kuni Payariq tumani “Sarbazor” MFYda joylashgan “Yulduzcha” nomli nodavlat bog‘chada sodir bo‘lgan. Uch yoshli R.M. bog‘cha hududida favqulotda holatlarda foydalanish uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etgan.
“Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Boshqarma marhum tarbiyalanuvchining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.