Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda tadbirkor va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Samarqandda tadbirkor va uning sheriklariga hukm o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan T. Abdijalilov (1976 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “T-NUTS” va “PICHOQCHI DRY FRUITS” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbari) va boshqalar (jami 3 kishi)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

✅Sud hukmiga ko‘ra T. Abdijalilov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

✅Sudlanuvchilar A. Abdumalikov (1995 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “UNITED JOY GROUP” MCHJ rahbari) va SH. Qo‘ziboyev (1998 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “BARAKASINI BERSIN TOMORQA XIZMATI” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan) ham Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

✔️Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya/kassasiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 11:29 13.10.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!