Bosh prokuratura shtabi tomonidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Q. B. S.” MCHJga qarashli sauna binosida hisoblagichdan tashqari yer ostidan yashirin yo‘l orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 978 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.