Mas’ud Pezeshkiyon “X” ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat rahbariyatida bo‘linish borligi haqidagi da’volarni rad etdi.
Uning yozishicha, Eronda “radikallar” va “mo‘’tadillar” degan bo‘linish yo‘q, barcha eronliklar bir xalq sifatida harakat qiladi.
Pezeshkiyon xalq va davlat birligi, shuningdek oliy rahbarga to‘liq itoat orqali tashqi tahdidlarga qarshi turish mumkinligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birlik mamlakatga qarshi “tajovuzkorlar”ni o‘z qilmishi uchun pushaymon qilishga majbur qiladi.