Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Eron hukumati ichida kelishmovchiliklar borligi haqidagi da’volar ko‘proq e’tiborni chalg‘itishga xizmat qiladi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmoil Bag‘ai SNNTV efirida ma’lum qildi.

«Eron rahbariyatida go‘yoki mavjud bo‘lgan ixtiloflar haqidagi bayonotlar ko‘proq diqqatni boshqa tomonga qaratish maqsadini ko‘zlaydi. Urushdan keyin diplomatik faoliyat to‘liq birdamlik va muvofiqlashtirilgan holda davom etmoqda», — deya ta’kidladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir-ikki yil ichida, shuningdek, undan avval ham AQShning asosiy muammolaridan biri — Eron xalqini va mamlakatda qarorlar qabul qilish mexanizmini yetarlicha tushunmayotgani bo‘lib qolmoqda.

«Ularning stereotiplar va xato baholashlarga asoslangan tasavvurlari shundan iborat ediki, go‘yoki iyun oyidagi cheklangan harbiy zarbalar bilan Eronni tiz cho‘ktirish mumkin. Biroq bu mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, ular xuddi shu ssenariyni boshqa yo‘llar bilan takrorlashga urinishdi, ammo bu safar ham natija bermadi», — dedi Bag‘ai.

Shuningdek, u Eron qaror qabul qilishda hamjihatlik va tezkorlik ko‘rsatib, og‘ir qarama-qarshilikdan so‘ng yana diplomatiya yo‘liga qaytganini qayd etdi.

Kiritildi: 23:37 23.04.2026. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!