Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes APLning bir klubini boshqasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchiga «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «shaharliklar» Fernandesni birinchi raqamli transfer maqsadi deb hisoblamayaptilar va uning ampluasidagi boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishmoqda — xususan, «Nottingem Forest»dan Elliot Anderson nomzodi ham bor. «Manchester Siti»ning qiziqishi yozda jamoani Bernardu Silva tark etishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Rodrining ham kelajagi hozircha noma’lum (uning shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, ammo klub uni uzaytirishdan umidvor).

Transfermarkt talqiniga ko‘ra bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etuvchi Fernandesning «Chelsi» bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:39 23.04.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!